Описание книги
Monografiyada markaziy asab tizimining yalligʼlanish kasalliklari hisoblanmish entsefalomielit va mielitning klinik kechishi, uning oqibatida paydo boʼladigan asoratlar, erta hamda surunkali davrlarida davolashning samaradorligi toʼgʼrisida batafsil toʼxtalib oʼtilgan. Markaziy asab tizimining yalligʼlanish kasalliklarini davolashda ozonoterapiyaning erta davrlardanoq qoʼllanilishining ijobiy natijalari tajribaviy hamda klinik sharoitlarda yaqqol namoyon etilgan. Mazkur monografiya umumiy amaliyot vrachlari, nevropatologlarga, magistr va tibbiyot instituti talabalariga moʼljallangan.