Axborot–kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi


  Bo‘lim xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazadi;

  Bo‘lim jamg‘armasi va ko‘rsatiladigan axborot xizmat turlarini targ‘ibot qiladi;

  Xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish, kitobxonlarga kerakli asarlar hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish xaqida og‘zaki maslaxat berish, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish, biblografik sharhlar o‘tkazadi;

  ARMga barcha ilmiy, ilmiy texnik va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

  ARMning  Kitob   fondini  butlash  va  kataloglashtirish  bo‘limiga raxbarlikni amalga oshiradi:

  Foydalanuvchilariga asosan ARM, AKM, viloyat kutubxonalari bilan muvofiqlashtirilgan holda axolining kitobxonlik so‘rovlariga ko‘ra fondni komplektlayadi;

  Kitob fondini jamlama va yakka tartibda hisobga olishadi;

  Hisobga olish hujjatlarida   audiovuzial, elektron nashrlarni (SB, BUB, multimedia, disketa) aks ettiradi;

  Hisobga olish hujjatlari bilan solishtirish yuli orqali kayta ruyxatdan o‘tkazadi;

  Fondni badiy, ma’lumotnoma, ilmiy-ommabop, o‘quv, uslubiy, davriy nashrlar,    shuningdek,    axborotning    an’anaviy    va    noan’anaviy tashuvchilaridagi boshqa nashr turlari bilan komplektlaydi;

  Fondni Internet tarmog‘i axborot resurslari, boshqa muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari bilan tuldiradi;

  Fondni BBK usulida joylashtiradi;

  Fondda   saqlanayotgan   xujjatlarning   bus-butunligini   va   normal jismoniy holatini, ya’ni kitob fondining saqlanishini ta’minlaydi;

  Fondni   kitobxonlar   surovi   asosida  ta’minlanganligini  taxdil kiladi;

  Fondga hujjatlarni kelib tushganini, fonddan chiqib ketganini, kutubxonaning,   uning   bo‘linmalarining   jami   fondi   miqdorini, fondning   qanday   saqlanganligini,   statistik      hisoblashni   aks ettiruvchi kutubxonachilik fondi hisobini ta’minlaydi;

  Bo‘lim   xodimlarini   ishlab   chiqarish   va   mehnat   intizomlariga, mehnatni    muhofaza   qilish,   texnika   xavfsizligi    va   yong‘indan himoyalanish  qonun   qoidalariga  rioya  etishlarini nazorat qilib boradi.