Описание книги
O`quv qo`llanmada o`z aksini topgan o`tilgan mashg`ulot bo`yicha talabalar bilimini tekshirishga qaratilgan interfaol usullar, mavzu bo`yicha savollar, vaziyatli masalalar va test savollari uning mazmunini yanada boyitgan va yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o`tish, uni uslubiy ta`minlashga katta yordam beradi. Shuning uchun ham “Normal akusherlik” mavzusidagi o`quv qo`llanmadan nafaqat tibbiyot institutining davolash ishi, balki magistratura rezidentlari va shu fandan dars beruvchi institut o`qituvchilari ham o`z amaliyotlarida foydalanishlari mumkin.