Описание книги
“Umumiy nevrologiya” darsligi tibbiyot institutlari bakalavriatura bosqichi talabalari uchun DTS asosida tayyorlandi. Darslikda nerv sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlari, zararlanish sindromlari, nevrologik statusni tekshirish va funksional diagnostika metodlari yoritilgan. Darslik turli xil jadval, sxema va izohli rasmlarga boy. Har bir mavzu so`nggida talabani mantiqan fikrlashga undovchi savollar bayon etilgan. Mazkur darslikdan, shuningdek, klinik-ordinatorlar, amaliyotchi nevrolog va neyroxirurglar hamda malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar foydalanishlari mumkin.