• Xoletsistektomiya operatsiyasidan keyingi erta biliar asoratlarning diagnostikasi va davolash taktikasini maqbullashtirish

  • 1515 | 872
  • ISBN: 978-9943-7387-4-4
  • Автор: Qurbaniyazov Z.B.
  • Язык: o'zbek
  • Пишу: krill
  • Тип ресурса: monografiya
  • Число страниц: 120 bet
  • Издательский: TIBBIYOT KO’ZGUSI
  • Количество: Adadi 500
  • Год публикации: 2021
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


  Xoletsistektomiyaning turli usullaridan keyingi erta davrda rivojlangan safro oqishi darajasi, yalligʼlanish jarayoni bosqichlari hamda operatsiyaning bajarilish muddatlari aniqlangan. Safro oqishining darajasi uning sabablariga bogʼliqligi, I- va II-darajali safro oqishi sababi oʼt yoʼllarining “kichik” shikastlanishlari, III-darajali safro oqishi sababi «katta» shikastlanishlar gepatikoxoledoxning nuqsonsiz va nuqsonli kesilishi ekanligi aniqlangan. I- va II-darajali safro oqishi bilan kuzatiladigan “kichik” shikastlanishlarni zamonaviy nurli va endoskopik texnologiyalardan foydalangan holda aniqlash, jarrohlik yoʼli bilan korrektsiya qilish boʼyicha diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqilgan, diapevtik, transduodenal endoskopik va laparoskopik davolash usullarining yuqori samaradorligi isbotlangan.Magistral oʼt yoʼllarida rekonstruktiv operatsiyalar Ru boʼyicha yuqori pretsizion gepatikoeyunoanastamoz shakllantirish va Hepp-Coinaud hamda Cattel usullaridan foydalangan xolda biliodegistiv anastamoz yaratishning taktik-texnik jihatlari ishlab chiqilgan.