Описание книги
Darslik davlat standartlari va namunaviy dasturlar asosida yozilgan bo`lib, 2 qismdan iborat. I qismda bolalar yoshida uchraydigan parodont to`qimasi kasalliklari, ularning zamonaviy tasnifi, klinik belgilari, tashxis qilish usullari va davolash choralari yoritilgan. II qism bolalar og`iz bo`shlig`i shilliq qavati kasalliklariga bag`ishlangan bo`lib, ularning tasnifi, davolash tadbirlari, ularni amalga oshirish usullari, amaliyot shifokorlari tomonidan amalga oshirishi kerak bo`lgan muolajalar va sanitar maorif oqartuv ishlari keng bayon etilgan.Darslik tibbiyot oliy o`quv yurtlarining stomatologiya fakulteti talabalari, magistrantlari, klinik ordinatorlar, shifikor stomatologlar va pedagoglar uchun mo`ljallangan.