Описание книги
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari oliy ta’lim, jumladan tibbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib: har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o’quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga horijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant, yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini, professor- o’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish, horijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkasini o’tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini PhD va magistratura dasturlari bo’yicha o’qitish, oliy ta’lim muassasalari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o’quv jarayonlariga yuqori malakali horijiy olimlar, o’qituvchi va mutaxassislarni keng jalb qilish, ta’lim jarayoniga iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish va boshqa vazifalar belgilangan.