• INTERSTITSIAL PNEVMONIYA BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA YURAK RITMINING VARIABILLIGI

  • 1178 | 582
  • Автор: NAJMIDDINOV ALISHER SHAVKATOVICH
  • Язык: o`zbek
  • Пишу: lotin
  • Тип ресурса: Dissertatsiya
  • Число страниц: 83
  • Количество: 1
  • Год публикации: 2023
  • Выходные данные: Samarqand
  • УДК: 616.126.422-053:615.224

Описание книги


Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining zarurligi va dolzarbligi. Interstitsial o'pka kasalligi (IO’K) – geterogen etiologiyali kasallik hisoblanib, o'pka interstitsiyasining nafas olish qismlarining shikastlanishi bilan harakterlanadi. Bugungi kunga qadar IO’K ning 200 dan ortiq nozologik shakllari ma'lum bo'lib, ular o'pka kasalliklari tarkibida 15% dan ortiqni tashkil qiladi. IO’K ning tarqalishi patologiyaning ushbu shakllari haqidagi oldingi fikrlarimizni juda kamdan-kam hollarda rad etadi. JSST ekspertlarining fikriga ko'ra, 2020 yilga kelib IO’K dan ijtimoiy yo'qotishlar o'pka saratoni bilan solishtirish mumkin bo'ladi (A.P.Rebrov, E.Yu.Ponomareva, E.E.Arxangelskaya, 2010), shu jumladan noma'lum bu kasalliklar uchun og'ir nafas etishmovchiligi rivojlanishi,  yallig'lanish jarayonining tarqalishi va o'pkada fibrotik o'zgarishlar asta-sekin o'sib boradi. Rentgenologik belgilarda, ayniqsa, yuqori aniqlikdagi kompyuter tomografiyasi belgilariga ko'ra, turli xil IO’Klar o'rtasida o'xshashlik mavjud: faol bosqichda alveolit ustunlik qiladi, "xira shisha" belgisi, tarqalgan o'zgarishlar bilan namoyon bo'ladi; kasallik o'sib borishi bilan fibroz yoki "asal ari uyasi" belgisi rivojlanadi. Bugungi kunga kelib, interstitsial pnevmoniyaning asosiy etiologik omili karonovirus infektsiyasi hisoblanadi.