Описание книги
Sud tibbiyoti va vrach faoliyatining huquqiy asoslari fanlari – talabalarga sudga oid tibbiy ekspertizaning qonunchilik asoslari, tashkiliy masalalarini hamda turli patologik holatlar bilan bogʼliq sud tibbiy ekspertizalar oʼtkazishni, shuningdek, tibbiyot huquqi sohasida nazariy bilim, koʼnikma va tibbiy faoliyatning huquqiy-normativ asoslarini oʼrganish va oʼzlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur fanlarni oʼqitish vrach stomatologlar tomonidan aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash va ularning amaliyotda kuzatilishi mumkin boʼlgan tibbiy yordam nuqsonlari bilan bogʼliq noxush salbiy oqibatlarining oldini olishda, umumamaliyot stomatolog vrachlar yoki stomatolog vrachlarning oʼz kasbiy faoliyatiga masʼuliyat bilan yondashishida muhim ahamiyatli hisoblanadi