Описание книги
Ushbu to'plam yurtimizning eng buyuk allomalari tarixi va faoliyatlari to'g'risida ilk bora yoritilgan hamda chop etilgan kitoblardan tashkil topgan majmua-to'plam bo'lib, unda Samarqand zaminida faoliyat ko'rsatgan va oxirgi qo'nimini topgan buyuk imomlarimiz hayoti va faoliyati qadimiy manbalar asosida yoritilgan. Shu bilan birga, ushbu buyuk allomalarimiz mashg'ul bo'lgan ilm yo'nalishlari tarixi ham tadqiq etilgan. To'plam oliy ta'lim yo'nalishidagi ijtimoiy soha o'qituvchilari, tarixchi-sharqshunoslar, mutaxassis tadqiqotchi hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.