Описание книги
Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi jarrohlik aralashuvlaridan o‘tgan bemorlami sifatli parvarishlash va operatsiyadan keyingi davrda ulaming holatini saqlab turishda muhim rol o‘ynaydi.
Darslikda ushbu sohada hamshiralar turli xil vazifalarga, jumladan. bemorlaming ahvolini monitoring qilish, shoshilinch yordam ko‘rsatish. davolash muolajalarining bajarilishini nazorat qilish, shifokorlar va boshqa mutaxassislar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, jarrohlik va reanimatsiya hamshiralari yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va yuqori darajadagi professionallikka ega bo‘lishlari borasida keng m a’lumotlar keltirilgan.
Ushbu darslikda xirurgik kasalliklar xususiyatlari, desmurgiya, qon oqishi va boshqa shu kabi mavzular bayon etilgan bo‘lib, reanimatsiya qismida terminal holatlar, klinik o‘lim, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va ularda ko‘rsatiladigan yordam choralari keng yoritilgan.
Jahon andozasi talablariga javob beradigan, yuqori saviyali va keng bilimli, bemorlarga parvarish va davolash usullarini reja bolyicha o‘tkazadigan, reabilitasiya va profilaktika usullarini to‘liq qo‘llaydigan zamonaviy feldsherlar tayyorlashga yo‘naltirilgan.