Описание книги
G`iyosiddin Xondamirning "Makorim ul-axloq" ("Olijanob xulq") asari buyuk o`zbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti, adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati to`g`risidagi qimmatli manba hisoblanadi. Ushbu asar Alisher Navoiyning sermahsul adabiy va ilmiy faoliyati bilan birgalikda, uning mamlakatning siyosiy barqarorligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san`atning taraqqiyotiga qo`shgan hissasi, olijanob xulqlari to`g`risida ma`lumot beradi.