Описание книги
Hammaga ma'lumki tibbiyot sohasida ishlaydigan shifokorlarining asosiy vazifalaridan biri hastalik bilan murojat qilgan insonlarni davolashdan iborat. Lekin shuni ham takdlab o’tish joizki, bu soha egalari insonlarni davolashdan tashqari, kasallikning kelib chiqish sabablarini, ularni oldini olish va kasallik sabablarni bartaraf ctish chora-tadbirlarini ham bilishlari lozim bo’ladi. Xuddi shunday bilimlarni ular gigiyena fani orqali olishlari va cgal lashlari mumkin.
Gigiyena [yun. hygieinos - sog’lom] - tibbiyotning bir sohasi bo’lib; insonlar sog’lig’iga turmush va mehnat sharoitlariga bo’lgan la'sirini o’rganadi. Shu bilan bir qatorda. insonlar yashaydigan va mehnat qiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, inson sog’lig’ini mustahkamlashning qoida va me’yorlarini, yashash uchun qulay shart-sharoit yaratish. sog’liqni saqlash va umrni uzaytirish kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.