Описание книги
Yurakning o'tkazuvchanlik tizimi elektr impulslarini yaratishga va tez o'tkazishga qodir bo'lgan atipik kardiomiositlar tomonidan hosil bo'ladi. Impulslarning paydo bo'lishi sinus va atrioventrikulyar tugunda, shuningdek, Gis tutami yo’llarida joylashgan P-hujayralari (peysmeyker miotsitlar) tomonidan amalga oshiriladi. O'tkazuvchanlik tizimining barcha hujayralari spontan diastolik depolarizatsiya bo’lish qobiliyati tufayli avtomatizm xususiyatiga ega. Spontan diastolik depolarizatsiyaning eng yuqori tezligi sinus tugunining peysmeykerlariga xosdir.