Описание книги
Mazkur o'quv qo'llanma 60411200 - Menejment: sog’liqni saqlash menejmenti ta’lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 5-avgustdagi 241-sonli buyrug'i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
O'quv qo'llanma oliy ta’lim muassasalari professor-o'qituvchilari, talaba-yoshlari, barcha shu sohaga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
Soliqlar iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiy munosabatlarining mavjudligi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksiziigini ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek iqtisodiyot islohotlaming amaldagi bosqichida talabalarga kasbiy faoliyati bo'yicha soliqqa tortishning dastlabki nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari bo'yicha tushuncha berish muhim ahamiyatga ega.
O'z navbatida, Soliq va soliqqa tortish fanini o'rganish boshqaruv sohasida etuk kadrlami etishtirish, tadbirkorlikni qo'llab quwatlashning hamda budjet daromadlari barqarorligini ta’minlashning asosiy elementi hisoblanadi. Shunga ko'ra, iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan kadrlarga alohida talablar qo'yiladi. “ Soliqlar va soliqqa tortish” moduli Sog’liqni saqlash menejmenti yo'nalishi talabalari uchun ixtisoslik fani hisoblanib, mamlakatimiz soliq tizimining ajralmas qismi hisoblangan sog’liqni saqlashda boshqaruv tizimiga kadrlar etkazib berishda muhim rol o'ynaydi.