Описание книги
Mazkur o'quv qo'llanma psixiatriya fanining nazariy va klinik aSoslarini tizimli hamda ilmiy asosda yoritadi. Unda umumiy psixopatologiyaning asosiy tushunchalari - sezgi va idrok buzilishlari, fikrlash va xotira buzilishlari, aqliy rivojlanish patologiyalari, hissiyot va ong buzilishlari, shuningdek iroda va harakatlarning patologik o'zgarishlari - batafsil tavsiflangan Xususiy psixopatologiya bo ‘limida somatik va yuqumli kasalliklar, kechki yosh kasalliklari, bosh miya jarohatlari natijasidagi ruhiy buzilishlqr, psixogen reaksiyalar, endogen psixozlar va psixogeniyalar, shuningdek shizofreniya va shizoaffektiv buzilishlar, endogen affektiv kasalliklar, epilepsiya, psixopatiyalar, alkogolizm, giyohvandtik va toksikomaniya kabi patologiyalarning klinik belgilar, diagnostikasi hamda zamonaviy davolash usullari tizimli ravishda bayon etilgan. Qo 'llanma oliy tibbiy ta ’lim muassasalari talabalari uchun mo 'Ijallangan bo ‘lib, ilmiy-amaliy tayyorgarlikni oshirish vq klinik amaliyotda qo ‘Hash uchun zarur bilimlarni taqdim etadi.