• Qorin bo’shlig’i a’zolari xirurgik kasalliklari

  • 244 | 309
  • ISBN: 978-9910-252-34-1
  • Автор: Askarov, P.A
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: O'quv qo'llanma
  • Число страниц: 16
  • Издательский: Samarqand
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Mazkur o‘quv qo‘llanma amaldagi o‘quv dasturlariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan. 
Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida zamonaviy tibbiyot fanining so‘nggi yutuqlari, shuningdek, mamlakatimizning tabiiy-iqlimiy xususiyatlari va ijtimoiy sharoitlari inobatga olingan. So‘nggi yillarda jarrohlik fanining jadal rivojlanishi diagnostika va davolash texnologiyalarining sezilarli darajada takomillashuviga olib keldi. Ilgari faqat yirik ilmiy markazlar imkoniyatlari doirasida qo‘llanilgan ko‘plab murakkab diagnostik texnologiyalar — rentgen-televizion tizimlar, ultratovush tekshiruvlari hamda endoskopik uskunalar bugungi kunda nafaqat yirik klinikalarda, balki viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari amaliyotida ham keng qo‘llanilmoqda. Zamonaviy diagnostik qurilmalar va innovatsion texnologiyalarning tibbiyot amaliyotiga kirib kelishi endoxirurgiya hamda miniinvaziv operatsiyalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Albatta, bunday yutuqlarning asosida jarrohlik sohasida olib borilayotgan uzluksiz ilmiy izlanishlar muhim o‘rin tutadi. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish jarrohlik amaliyotining yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy jarrohlik texnologiyalari asosida samarali davolash usullari ishlab chiqilib, amaliy tibbiyotda keng qo‘llanilmoqda.
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining 5510100 – Davolash ishi, 60910300 – Pediatriya ishi hamda magistratura bosqichining 70910212 – Xirurgiya mutaxassisliklari talabalari uchun mo‘ljallangan.