Описание книги
Zamonaviy tibbiyotning samarali rivojlanishi va jahon sog‘liqni saqlash tizimlarining barqaror ishlashi kasalliklarni aniqlash, qayd etish va tahlil qilish tizimining takomillashishiga bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, Xalqaro kasalliklar tasnifi (International Classification of Diseases, ICD) global sog‘liqni saqlash tizimida eng muhim vositalardan biri hisoblanadi. ICD bemorlarning kasalliklar va boshqa sog‘liq bilan bog‘liq holatlarni standartlashtirilgan kodlar orqali tizimli tarzda ifodalash imkonini beradi, bu esa statistik hisobotlarni shakllantirish, epidemiologik tadqiqotlar olib borish, shuningdek, sog‘liqni saqlash resurslarini samarali boshqarish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.