• Bolalarda dizurik sindrom bilan kechadigan kasalliklar

  • 460 | 872
  • Автор: Rustamov M.R, Atayeva M.S, Mamarizayev I.K
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: Uslubiy qo'llanma
  • Число страниц: 52
  • Издательский: Samarqand
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


O`quv-uslubiy qo`llanma bolalarda dizurik sindromni tizimli o‘rganish va amaliyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. O`quv-uslubiy qo`llanma dizurik sindromning ta’rifini, etiologiyasini, klinik belgilarini, tashxis va davolash usullarini batafsil yoritadi. Unda bolalarda o‘tkir va surunkali sistit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, uretrit, urolitiaz, nevrogen siydik pufagi va metabolik buzilishlar bilan kechadigan dizurik sindrom holatlari tushuntiriladi. O`quv-uslubiy qo`llanmada dizurik sindromni tashxislash uchun zarur bo‘lgan laborator va instrumental tekshiruvlar, jumladan umumiy siydik tahlili, siydik ekmasi, urodinamik tekshiruvlar, ultratovush tekshiruvlari va boshqa diagnostik usullar batafsil bayon qilingan. O`quv-uslubiy qo`llanma pediatriya va bolalar tibbiyoti talabalari, magistratura rezidentlari, shuningdek, klinik amaliyotchi shifokorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dizurik sindromni nazariy jihatdan o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi.