• Pediatriyada hamshiralik ishi

  • 903 | 164
  • Автор: Shavaziy N.M, Ibragimova M.F, Atayeva M.S
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: O'quv qo'llanma
  • Число страниц: 144
  • Издательский: Samarqand
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Mazkur o‘quv qo‘llanma pediatriya sohasida faoliyat yurituvchi hamshiralar, tibbiyot kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining talabalari, klinik ordinatorlar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bolalar salomatligini saqlash, kasalliklarni oldini olish, diagnostika va parvarish jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida yoritib beradi. Qo‘llanmada bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari, turli yosh davrlaridagi o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan boshlab o‘smirlik davrigacha bo‘lgan bolalarda uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning klinik belgilari, diagnostikasi va hamshiralik parvarishi keng yoritilgan. Shuningdek, sog‘lom bolani parvarishlash, emlash (immunoprofilaktika), ovqatlantirish, gigiyena, dispanser kuzatuvi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Qo‘llanmada bolalarda tez-tez uchraydigan nafas olish tizimi, yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, siydik ajratish tizimi va boshqa a’zolar kasalliklarida hamshiralik jarayonining bosqichlari (baholash, tashxis qo‘yish, rejalashtirish, amalga oshirish va natijani baholash) batafsil bayon etilgan. Har bir mavzu amaliy ko‘nikmalar, algoritmlar va klinik holatlarga asoslangan vaziyatli masalalar bilan boyitilgan.