• Torakal xirurgiya

  • 497 | 999
  • ISBN: 978-9910-225-73-4
  • Автор: Q.E. Raxmanov, S.S. Davlatov, R.F..Axmedov, Z.E. G’oyibova
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: O'quv qo'llanma
  • Число страниц: 117
  • Издательский: STEP-SEL
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Bugungi kun xirurgiyasi nafaqat abdominal kasalliklarda, balkim torakal kasalliklarda ham laparoskopik operatsiya uslublaridan foydalanish, ko‘pgina boshqa surunkali va o‘tkir xirurgik kasalliklarda ham kichik yoki miniinvaziv operatsiya taktikasini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, kundan kun odat tusiga aylanib bormoqda. 
Bundan tashqari, xirurgiya sohasida yangidan-yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishi, oldingi o‘quv qo‘llanmalarda ularning ifoda etilmaganligi, yangi o‘quv qo‘llanma yaratish va ushbu masalalarni ham unga kiritish zaruratini yuzaga keltirdi. 
Albatta, bularning barchasini, yetakchi omil – jarrohlik sohasida olib borilayotgan tinimsiz ilmiy izlanishlar, ular natijalarini jahon ilm ahli orasida namoyon etish, ular tajribasiga tayangan holda takomillashtirish, yuqori samarali jarrohlik amaliyotlari usul va uslublarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng tadbiq etishsiz, tasavvur qilish qiyin. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60910200 – Davolash ishi va 60910300 – Pediatriya ishi fakulteti talabalari (o‘quvchilari) uchun mo‘ljallangan.