Описание книги
O‘tkir nafas etishmovchiligi hayot uchun xavfli holat bo‘lib, tezkor va to'gTi tibbiy yordam ko'rsatishni talab etadi. Ushbu holatda bemorda nafas qisishi, sianoz, hushning buzilishi va gemodinamik o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Shoshilinch yordamning asosiy maqsadi nafas yo'llarini ochiq saqlash va organizmni kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Zarur hollarda kislorod terapiyasi, sun’iy nafas oldirish yoki intubatsiya amalga oshiriladi. Shuningdek, sababchi omilni aniqlash va uni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Tez va samarali tibbiy yordam bemor hayotini saqlab qolishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Uslubiy tavsiyanoma anesteziolog-reanimatologlar, tez tibbiyo yordam shofokorlari, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy tavsiya SamDTU Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan. 2026 yil 3 fevral, №6-sonli bayonnoma.