Описание книги
Ushbu monografiyada XX asrning 20–80-yillari davomida Samarqand viloyati ta’lim tizimida xotin-qizlarning ishtiroki, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Asarda sovet davrida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, xotin-qizlarni savodxonlikka jalb etish siyosati hamda ularning umumiy va kasbiy ta’limga kirib kelishi, o‘rta va oliy ta’limga xotin-qizlarning kirib jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, qizlarning maktabga qamrovi, ta’limdan chiqib ketish sabablari, gender tengsizlik muammolari hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar arxiv manbalari va statistik ma’lumotlar asosida tahlil etiladi. Monografiyada ayollarning ta’lim orqali jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini mustahkamlash jarayoni hamda uning hududiy xususiyatlari ochib beriladi.
Mazkur monagrafiya tarix, pedagogika va gender masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, talabalar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.