Описание книги
Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi hazm qilish tizimining keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo*lib, hozirgi kunda gastroenterologiya va abdominal xirurgiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Tibbiyot sohasida diagnostika va davolash usullarining sezilarli darajada takomillashganiga qaramay. ushbu kasallikning uchrash chastotasi hamon yuqori bo*lib qolmoqda hamda u ko'pincha og'ir asoratlar bilan kechishi mumkin.
So'nggi yillarda yara kasalligining rivojlanish mexanizmlari chuqur o'rganilib. uning kelib chiqishida turli omillarning muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Xususan, Helicobacter pylori infeksiyasi, nosteroid vallig’lanishga qarshi dorilarni uzoq muddat qo*llash, stress omillari, oshqozon sekretsiyasining buzilishi hamda irsiy moyillik kasallik rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Mazkur omillar ta'sirida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining himoya mexanizmlari bilan agressiv omillar o'rtasidagi muvozanat buziladi va natijada yara hosil bo*lishi yuzaga keladi