Описание книги
Mazkur maqolada oilaviy tibbiyot amaliyotida surunkali gastritlarning diagnostikasi va zamonaviy davolash tamoyillari yoritilgan. Surunkali gastrit - oshqozon shilliq qavatining uzoq muddatli yallig’lanishi bo'lib, uning rivojlanishida asosiy etiologik omil sifatida Helicobacter pylori infeksiyasi, shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanish, dori vositalarini (ayniqsa, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) uzoq muddat qabul qilish, stress va autoimmun jarayonlar muhim o‘rin tutadi. Diagnostika algoritmi klinik belgilar (epigastral og'riq, dispepsiya, ko‘ngil aynishi), laborator va instrumental tekshiruvlar asosida olib boriladi.
Endoskopik tekshiruv (EGDS), biopsiya, H. pylori ni aniqlashning noinvaziv (nafas testi, antigen testi) va invaziv usullari qo'llaniladi. Zamonaviy tasniflash tizimlaridan, jumladan Sydney System mezonlari muhim ahamiyatga ega. Davolash tamoyillari etiologik va patogenetik yondashuvga asoslanadi. H. pylori aniqlanganda eradikatsion terapiya, proton nasosi ingibitorlari, gastroprotektorlar va parhez terapiyasi tavsiya etiladi. Oilaviy shifokor uchun erta tashxis qo'yish, xavf guruhlarini aniqlash va profilaktik choralarni amalga oshirish muhim hisoblanadi.