Описание книги
Bugungi kunda tibbiy xizmatlarning qamrovi kengayib, yangi texnologiyalar joriy etilayotgan, tibbiyot tizimida murakkab operatsiyalar, innovatsion dori vositalari va yuqori malakali mutaxassislar mehnati tobora qimmatlashayotgan bir sharoitda tibbiy sug‘urtaning ahamiyati keskin ortmoqda. Tibbiy sug‘urta nafaqat fuqarolarning tibbiy xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi, balki butun sog‘liqni saqlash tizimining barqaror ishlashi, tibbiy xizmat sifati va moliyaviy himoyalanish darajasining oshishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, O‘zbekistonda bosqichma-bosqich joriy etilayotgan majburiy tibbiy sug‘urta tizimi mamlakat tibbiyot sohasida muhim islohotlar jarayonini boshlab berdi.
Uslubiy tavsiya Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi tomonidan muhokama qilindi va tasdiqlandi.