Описание книги
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokar va tibbiy brigadalar (patronaj hamshirasi, doya) ish faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilishning zamonaviy usullari bayon etilgan. Unda brigada a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholi salomatligi ko‘rsatkichlari (kasallanish, o‘lim, profilaktik ko‘riklar qamrovi) hamda KPI (samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari) asosida rag‘batlantirish tartibi ko‘rib chiqilgan. Uslubiy tavsiyalar tibbiyot xodimlari ish yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini doimiy nazorat qilib borish uchun mo‘ljallangan.