Описание книги
Bilamizkiy, yangi O‘zbekistonni dunyo
miqyosida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, har tomonlama
erkin va osuda mamlakatga aylanib borishiga, ijtimoiy hayotning asosiy turli
sohalaridagi chuqur o‘zgarishlar, jamiyatning ijtimoiy institutlari faoliyati
samaradorligini oshirishga bo‘lgan e’tibor, shu bilan birga yoshlarni har
tomonlama yetuk va barkamol qilib shakillantirish kabi harakatlar sabab
bo‘lmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlaridagi
o‘zgarishlar, barcha ijtimoiy institutlarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu
o‘zgarishlar yoshlarni ijtimoiy rivojlantirish sohasida yangi muammolarning paydo
bo‘lishiga olib kelmoqda. Shunday ekan hozirgi kunda ta’limni isloh qilish,
insonparvar, ijodkor va ijtimoiy faol, tashabbuskor va yetakchi, jamiyatimizning
yaqin kelajakdagi o‘zgarishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qodir shaxsni
shakllantirish barchamizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.