• Dinshunoslik fanini o'qitishning nazariy masalalari

  • 954 | 418
  • Автор: Latipov R.M
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: Uslubiy qo'llanma
  • Число страниц: 100
  • Издательский: Samarqand
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Har qanday murakkab voqelik qatorida mafkuraviy qarama-qarshiliklar ham ularning qanday vujudga kelishi, qaysi kuchlarga tayanishi va quvvat olishi, qanday g'oyalarni targ'ib etishi, qanday yo'l va usullar bilan omma ongini zaharlashi, mazkur zaharlanishning bugungi kun va kelajak uchun oqibatlari qandayligi, buzg'unchilikka asoslangan yot g'oyalarga qarshi xalq immunitetini shakllantirish choralari, bunyodkorlik va mustaqillik g'oyalariga sidqidildan ishongan vatanparvarlar qatlamini vujudga keltirish omillari kabi o'nlab muammolar yechimini talab qilib qoladi. Shu bilan birga bugungi taraqqiyot jarayonlarida barqarorlik va mamlakat xavfsizligi, demakki aholi xavfsizligi yo'lida paydo bo'layotgan turli mafkuraviy tahdidlarga nisbatan tegishli munosabatning shakllantirilishi yetarli emasligi ayon bo'lmoqda. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurasha bilish, ana shu kurash jarayonlariga millionlab odamlarni torta olish, yangi g'oyaviy xavf-xatarlarining mohiyatini doimo mutanosib anglash, ular moliyaviy va ideologik manbalarini, harakatga keltiruvchi omillari va kuchlari, tizimlari va horijiy himoyachilari to'g'risidagi xolis axborotlarni ham keng omma orasida targ'ib qilish dolzarblik kasb etadi.