• Shoshilinch holatlarda hamshiralik ishi

  • 699 | 284
  • ISBN: 978-9910-5369-3-9
  • Автор: Shavazi N.M, Mamarizayev I.K, Xusainova Sh.K, Shukurov X.I
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: O'quv qo'llanma
  • Число страниц: 211
  • Издательский: ARTEX NASHR
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


“Shoshilinch holatlarda hamshiralik ishi” o‘quv qo‘llanmasi professor N.M. Shavazi tahriri ostida tayyorlangan bo‘lib, tibbiyot texnikumlarida tahsil olayotgan talabalar, hamshiralar va feldsherlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma o`rta maxsus tibbiy ta’limning amaldagi davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, zamonaviy shoshilinch tibbiyotning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada bolalarda uchraydigan eng muhim va tez-tez kuzatiladigan shoshilinch holatlarning etiologiyasi, patogenezi, tasnifi hamda klinik belgilari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kasalliklarni aniqlashda qo‘llaniladigan laborator va instrumental tekshiruv usullari, ularning diagnostik ahamiyati ham keng bayon etilgan. Har bir mavzu doirasida bemorga shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmlari, bosqichma-bosqich bajariladigan amaliy harakatlar va klinik qaror qabul qilish tamoyillari aniq va tushunarli tarzda keltirilgan.
Qo‘llanmaning muhim jihatlaridan biri uning amaliy yo‘naltirilganligidir. Unda keltirilgan ma’lumotlar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Ayniqsa, shoshilinch holatlarda vaqt omilining muhimligi, tezkorlik, aniqlik va ketma-ketlik tamoyillari alohida ta’kidlangan.