Описание книги
Mazkur o‘quv uslubiy qo‘llanma oilaviy tibbiyot amaliyotida bronxoobstruktiv sindromni erta aniqlash, differensial diagnostika qilish hamda zamonaviy davolash tamoyillarini qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan. O‘quv uslubiy qo‘llanmada bronxoobstruktiv sindromning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari va diagnostik mezonlari yoritilgan. Shuningdek, birlamchi bo‘g‘in sharoitida spirometriya, pikfloumetriya va laborator-instrumental tekshiruv usullarining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.