Описание книги
Mazkur uslubiy qo‘llanma tibbiyot universitetlari va tibbiyot kollejlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, analgetik vositalarning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishini tizimli ravishda yoritishga qaratilgan. Qo‘llanmada og‘riq sindromining patofiziologiyasi, uning turlari hamda og‘riqni baholash mezonlari bayon etilib, og‘riqni boshqarishda analgetiklarning o‘rni ilmiy va klinik nuqtai nazardan asoslab beriladi. Uslubiy qo‘llanmada analgetiklar farmakologik tasnifi asosida ikki asosiy guruhga — opioid (narkotik) va narkotik bo‘lmagan vositalarga ajratilib o‘rganiladi.