Описание книги
Ushbu tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan neyrofiziologik diagnostika algoritmi personallashtirilgan tibbiyot tamoyillariga asoslanadi. U o`smirlar orasidagi enurezi bilan og`rigan bemorlarni neyrofiziologik buzilishlar xavf darajasiga ko`ra individual guruhlarga ajratishni, eng maqbul protokolini tanlashni ko`zda tutadi. Algoritm modulli tuzilishga ega bo'lib, bu uni turli klinik vaziyatlarga va davolash muassasalarining texnik-resurs imkoniyatlariga moslashtirish imkonini beradi. Kompleks neyrofiziologik tekshirish elektroentsefalografiya, elektromiografiya va urodinamik tadqiqotlarni o'z ichiga oladi, bu esa enurezi patogenezining yashirin mexanizmlarini aniqlashga imkon beradi.