Описание книги
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma falsafa fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ilmiy manbalar hamda zamonaviy adabiyotlar asosida yoritishga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada falsafaning predmeti, asosiy kategoriyalari va qonunlari, bilish nazariyasi, inson va jamiyat muammolari, ma’naviyat, qadriyatlar hamda taraqqiyotning falsafiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma falsafa fanini o‘rganayotgan talabalar, o‘qituvchilar hamda falsafiy bilimlarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. U talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, falsafiy tafakkurini rivojlantirish va zamonaviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi.