Описание книги
Ushbu darslik 5A510105-Kardiologiya yo’nalishi bo’yicha Oliy kasb-hunar ta’limi davlat standartlariga muvofiq tayyorlangan. Darslikda kardiologiyaning umumiy va o’ziga xos masalalari yoritilgan. Unda diagnostika usullari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash tamoyillari, kardiologik amaliyotda qo’llaniladigan dorilarning xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Kitobda yurak-qon tomir tizimining asosiy kasalliklari (ateroskleroz, yurak ritmining buzilishi, yurak yetishmovchiligi, yurak tomirlari kasalligi, miokard infarkti, arterial gipertenziya, yurak nuqsonlari va boshqalar) diagnostikasi va davolash batafsil bayon etilgan. Kardiologik bemorlarni reabilitatsiya qilish, kardiologayada favqulodda vaziyatlarda tibbiy choralar to’g’risida ma’lumot berilgan.