Описание книги
Inson ovqatlanishi uchun foydalanadigan ovqat mahsulotlari, bu mahsulotlarning to‘plami miqdor va sifat jihatdan to‘la qiymatli, turli tuman va yaxshi ta’m ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Iste’mol qilinadigan ovqatlar hayvon mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut, tuxum) va o‘simlik mahsulotlari ( don va don mahsulotlari, sabzavot, mevalar)ga bo‘linadi. Har qanday ovqat mahsuloti muayyan energetik, biologik qiymati bilan ta’riflanadi. Mahsulotning energetik, biologik qiymati uning tarkibidagi u yoki bu ko‘rinishdagi ozuqali moddalarning miqdoriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Ovqat mahsulotlari tarkibidagi ozuqali moddalarning miqdoriy ko‘rsatkichlari organizmning ehtiyojini qondira olishi lozim. Ko‘pgina ovqat mahsulotlari turli xildagi ozuqali komponentlarni o‘z tarkibida tutadi.
SHuning uchun u yoki bu turdagi mahsulotning ustunligi uning energiya manbai, plastik materialligi, vitaminli va mineral moddalarga boyligi bilan ahamiyatlidir.