Описание книги
Spektrofotometriya usuli — moddalarni o‘rganish va tahlil qilish usuli bo‘lib, ular modda molekulalarining monoxromatik elektromagnit nurlanishni ultrabinafsha (UB), ko‘rinadigan va infraqizil (IQ) spektr sohalarida yutishiga asoslanadi. UB va ko‘rinadigan sohalardagi yutilish chiziqlarining tabiati yutuvchi molekulalar va ionlardagi turli elektron o‘tishlar bilan bog‘liq (elektron spektrlar). IQ sohasida esa u molekuladagi yadrolarning tebranish o‘tishlari va tebranish holatlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq (tebranish spektrlar).
Agar modda monoxromatik bo‘lmagan nurlanishni yutsa, fotokolorimetrik (kolorimetrik) tahlil usullari qo‘llaniladi.
Fotokolorimetriya spektrofotometrik tahlildan shunisi bilan farqlanadiki, unda tahlil qilinayotgan modda ma’lum reaktiv yordamida (miqdoriy jihatdan) rangli birikmaga aylantiriladi.