Описание книги
Mazkur uslubiy tavsiyanomada tish pulpasi shikastlanishida zamonaviy endodontik davolash bosqichlari, xususan mis-kalsiy gidroksidli preparatlar bilan plombalash hamda kompyuter tomografiyasi (KT) asosida 3D modellashtirish texnologiyasini qo`llashning klinik va ilmiy samadorligi yoritilgan. Davolashning yakuniy bosqichida KT qo`llanilib, plombalangan ildiz kanali uch o`lchamli formatda (3D) skaner qilinadi. olingan tomografik ma`lumotlar CAD dasturlari orqali qayta ishlanib, tishning anatomik modeli yaratiladi.