• Homiladorlik, tug`ruq va tug`ruqdan keyingi qon ketishlar

  • 796 | 629
  • ISBN: 978-9910-5364-4-1
  • Автор: Shavkatov X.Sh.
  • Язык: o`zbek
  • Пишу: lotin
  • Тип ресурса: o`quv qo`llanma
  • Число страниц: 160
  • Издательский: Octagon print
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Ushbu o‘quv qo‘llanma amaldagi o‘quv dasturi talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari talabalari, magistratura va klinik ordinatorlar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma zamonaviy akusherlik fanining so‘nggi yutuqlari, dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari hamda Respublikamizning iqlimiy, demografik va ijtimoiy sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma homiladorlik davri, tug‘ruq jarayoni hamda tug‘ruqdan keyingi erta davrda kuzatiladigan akusherlik qon ketishlari muammosiga bag‘ishlangan. Unda akusherlik qon ketishlarining etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinik kechishi, zamonaviy diagnostika usullari va differensial tashxis masalalari keng yoritilgan. Qo‘llanmada akusherlik qon ketishlarini davolash va oldini olishning asosiy konservativ hamda jarrohlik usullari, shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmlari, intensiv terapiya tamoyillari va reabilitatsiya masalalari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, muammo bo‘yicha xalqaro va milliy klinik tavsiyalar asosidagi zamonaviy yondashuvlar keltirilgan.
O‘quv qo`llanma 5A510101- “Akusherlik va ginekologiyai” mutaxassisligi bo‘yicha tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar uchun mo‘ljallangan.