Описание книги
Ushbu o’quv-uslubiy qollanma tibbiyot oliy bilimgohlari uchun tavsiya etilganligini nazarda tutib, odam organizmida barcha patofiziologik jarayonlar asosida kasallik chaqiruvchi tashqi omillar tashkil qilishi tahlili nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yoritilgan. O’quv-uslubiy qo’llanma patologik jarayonlarda organizm faoliyatini tahlil etishda davolovchi vrach ishtirok etishini hisobga olgan holda, oʼqitish jarayonini muvofiqlashtirilib tuzilgan. Jumladan, anatomik, fiziologik va patofiziologik jarayonlarni bevosita inson organizmida oʼtkazilishi mumkin boʼlgan ayrim tekshirish uslublari va maʼlumotlar kiritilgan. Mazkur oʼquv-uslubiy qoʼllanmada zamonaviy usullar bilan bir qatorda, noanʼanaviy klassik rasmlar va sxemalar ham kiritilgan. Bu esa talabalarni kasallik chaqiruvchi tashqi omillarning ta’siri holatida organizm, uning aʼzolari, tizimlari va hujayraviy darajadagi patofiziologik qonuniyatlarni puxta oʼzlashtirishga yordam beradi.