Описание книги
Ushbu darslik kardiologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistrature rezidentlari “Umumiy aritmologiya” modul dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, aritmologiya (aritmiya va yurak ritmi buzilishlari) sohasining asosiy nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Unda yurakning normal fiziologiyasi, ritm hosil bo‘lish mexanizmlari hamda turli xil aritmiyalarning kelib chiqish sabablari, tasnifi va klinik ko‘rinishlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, darslikda zamonaviy diagnostika usullari, jumladan elektrokardiografiya (EKG) tahlili va davolash tamoyillari haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlari kardiologiya bo‘yicha magistraturada tahsil olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar hamda amaliyotchi shifokorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning nazariy bilimlarini mustahkamlash va klinik fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Darslik Samarqand davlat tibbiyot universiteti MO‘UK yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.