Описание книги
Tibbiyot fanining so`nggi yutuqlari uglevod almashinuvi buzilishlarining mexanizmlari haqidagi tasavvurlarni sezilarli darajada kengaytirdi hamda qandli diabet patogenezining turli bo`g`inlariga maqsadli ta`sir ko`rsatuvchi dori vositalarini ishlab chiqishga imkon berdi. Shunga qaramay, qandli diabet (QD) bilan kasallanganlar soni butun dunyoda muttasil ortib bormoqda. So`nggi o`n yilliklarda kasallikning tarqalishi keskin oshdi va u global sog`liqni saqlash muammosiga aylandi.
International Diabetes Federation (IDF) ma`lumotlariga ko`ra, 2021-yilda dunyoda 20–79 yosh oralig`idagi kattalar orasida qandli diabet bilan yashayotganlar soni taxminan 537 million nafarga yetgan. Prognozlarga ko`ra, 2030-yilga borib bu ko`rsatkich 640 milliondan, 2045-yilga kelib esa 780 milliondan oshishi kutilmoqda.