Описание книги
Ushbu darslik inson salomatligini saqlash va mustahkamlashda ovqatlanishning ilmiy asoslarini yoritishga bag`ishlangan. Unda ovqatlanish gigiyenasining nazariy hamda amaliy jihatlari, oziq moddalarning fiziologik ahamiyati, organizmning energiya va plastik ehtiyojlari, ratsional va muvozanatli ovqatlanish tamoyillari bayon etilgan. Shuningdek, turli yosh guruhlari va kasallik holatlarida ovqatlanishni tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va gigiyenik baholash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Mavzu tibbiyot va sog`liqni saqlash amaliyotida ovqatlanish bilan bog`liq kasalliklarning oldini olish va sog`lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.