Описание книги
Mazkur ma’ruzalar to’plami tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash fakulteti 6-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ambulator poliklinik sharoitida terapevtik bemorlarni tashxislash, davolash va dispanser kuzatuvini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Unda ichki kasalliklarning keng tarqalgan shakllari, ularning klinik kechishi, zamonaviy diagnostika usullari, profilaktika choralari hamda 4
ambulator sharoitda olib boriladigan davolash tamoyillari bayon etilgan.
So‘nggi yillarda butun dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari, nafas tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi patologiyalari, qandli diabet va boshqa surunkali ichki kasalliklarning uchrash darajasi sezilarli darajada ortib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda ichki kasalliklarning, ayniqsa arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxopulmonal kasalliklar, gastrit va pankreatit kabi kasalliklarning tarqalishi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shu sababli birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining kasalliklarni erta aniqlash, samarali davolash va profilaktika choralarini amalga oshirishdagi roli tobora ortib bormoqda. Mazkur to’plam talabalarda klinik fikrlashni shakllantirish, bemorlarni kompleks baholash hamda birlamchi tibbiy yordam tizimida samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.