Описание книги
Bakterial havo-tomchi infeksiyalari – bu asosan nafas olish yoʻllari orqali, ya'ni kasal odamning yoʻtalishi, aksirishi yoki gaplashishi vaqtida atrofga tarqalgan mayda tomchilar orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar guruhidir. Ushbu infeksiyalar oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmasa va davolanmasa, ogʻir asoratlarga olib kelishi, ba'zi hollarda esa oʻlimga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois, ularning epidemiologiyasi, klinik kechishi, oldini olish va davolash usullarini chuqur oʻrganish tibbiyot sohasidagi mutaxassislar uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu oʻquv uslubiy qoʻllanma bakterial havo-tomchi infeksiyalarining laborator diagnostikasi boʻyicha nazariy asoslar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga bagʻishlangan boʻlib, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarining "
Xamshiralik ishi va Davolash ishi" bulimi talabalari uchun moʻljallangan.