• Qisilgan ventral churralarni jarrohlik davolashda taranglashmagan gernioalloplastikaning xususiyatlari. Monografiya

  • 939 | 599
  • ISBN: 978-9910-587-60-3
  • Автор: Xursanov Y.O'
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: Monografiya
  • Число страниц: 101
  • Издательский: STEP-SEL
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Shoshilinch jarrohlikda taranglashmaydigan gernioplastikadan foydalanish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qoniqarsiz davolanish natijalarining asosiy sabablari plastik jarrohlik usulini noto‘g‘ri tanlash, qorin devori to‘qimalarining sezilarli taranglashishi, qorin bo‘shlig‘i hajmining pasayishi va operatsiya qilingan bemorlarning 0,8-12 foizida abdominal kompartment sindromining rivojlanishidir. Shu asnoda mamlakatimizda aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, erta tashhis qo‘yish va asoratlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Shu munosabat bilan, 2022-2026-yillarda mamlakat rivojlanishi strategiyasida «...aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish va 2022-2026-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish dasturini tadbiq etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish...». kabi vazifalar belgilangan.