Описание книги
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada gipotenziv (arterial qon bosimini pasaytiruvchi) dori vositalarining farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmi, tasnifi, qo‘llashga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, nojo‘ya ta’sirlari hamda ularning oldini olish va bartaraf etish usullari batafsil yoritilgan.
Tibbiyot amaliyotida har bir shifokor arterial gipertenziyani davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining farmakodinamikasi va farmakokinetikasini chuqur bilishi, bemorning yoshi, hamroh kasalliklari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda dori tanlay olishi zarur. Qo‘llanmada gipotenziv preparatlarni oqilona qo‘llash tamoyillari, ularning o‘zaro ta’siri, dozalanishi, nojo‘ya reaksiyalari va dozani oshirib yuborish natijasida yuzaga keladigan asoratlarda birinchi yordam ko‘rsatish prinsiplari ham yoritilgan.
Shuningdek, zamonaviy klinik tavsiyalar asosida angiotenzin-konvertlovchi ferment (AKF) ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari blokatorlari, β-adrenoblokatorlar, kalsiy kanallari blokatorlari, diuretiklar va boshqa gipotenziv dori vositalarining amaliy ahamiyati, afzalliklari va qo‘llash xususiyatlari keng bayon etilgan.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, talabalar, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanma Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari uchun farmakologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish maqsadida tayyorlangan.