Описание книги
«Tishlarning chiqishida kuzatiladigan kasalliklar» stomatologiya fakulteti talabalari uchun o‘quv –uslubiy qo‘llanma hisoblanib, tishlar chiqishida yuzaga keladigan kasallioklar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. O’quv uslubiy qo’llanmada pastki jag‘ning uchunchi molyar tishlarini retensiyasi va distopiyasi kasalliklarini tashxislash va davolash ishlari juda ko‘p asrlardan beri muammo bo‘lib kelayotganligi va bu boradagi tarixiy arxeologik ma’lumotlar to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. «Tishlarning chiqishida kuzatiladigan kasalliklar» o’quv uslubiy qo’llanmasi stomatologiya fakulteti 4-5 kurs talabalari uchun ushbu fan na’munaviy dasturlariga asoslanib yozilgan. O’quv uslubiy qo’llanmaning dastlabki qismida mavzuning dolzarbligi yortilgan bo’lib, darsning maqsadi, darsning vazifalari, mavzuga tegishli integrasion nazorat savollari qismlari yoritilgan. O’quv uslubiy qo’llanmaning asosiy qismida tishlarning chiqishida kuzatiladigan kasalliklar, Tishning qiynalib chiqishi.
Tishning alveolyar o‘siqda notug‘ri joylashishi. (distopiya). Tishning alveolyar o‘siqda to‘liqsiz chiqishi (suyak to‘qimalardan yoki og‘iz shilliq qavatidan) - yarim retensiya, retensiya – tishning to‘liq suyak to‘qimasi ichidan chiqmay qolishi tasnifi, zamonaviy tashxislash, taqqosiy tashxislash, davolash usullari va profilaktik choralari to’g’risidagi ma’lumotlar rangli fotosuratlar bilan to’liq yoritilgan. O’quv uslubiy qo’llanmaning tishlarning chiqishidagi patologiyalarni klinik bosqichlarini ma’lumotlaridan so’ng mavzuni o‘zlashtirganlik bo‘yicha nazorat testlari barcha kasalliklar uchun alohida tuzilgan bo’lib, talabalarning tishlarni chiqishidagi kasalliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zlashtirishiga yordam beradi. O’quv uslubiy qo’llanmaning yakuniy qismida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.