• Katalizatorlar texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma

  • 845 | 801
  • ISBN: 978-9910-9854-9-2
  • Автор: Fayzullaev N.I, Shukurov B.Sh, Tursunova N.S
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: O'quv qo'llanma
  • Число страниц: 202
  • Издательский: SamDU nashriyoti
  • Год публикации: 2025
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Kataliz so‘zi grekcha bo‘lib, uining ma’nosi parchalanish yoki yemirilish demakdir. Lekin katalizator tushunchasi butunlay boshqa ma’noni bildiradi. Reaksiyani tezlatuvchi moddalar katalizatorlar deb, ular ishtirokida boruvchi reaksiyalar esa katalitik reaksiyalar va bunday reaksiyalarni borish hodisasini kataliz deb ataladi.
Kataliz hodisasi tabiatda juda ko‘p uchraydi. O‘simlik va hayvon organizmidagi ko‘pchilik jarayonlar biokatalizatorlar (fermentlar) ta’sirida boMadi. Bunday katalizatorlarning ba’zilari qadim zamonlarda ham Ma’lum bo‘lib, ularni inson o‘z ehtiyoji uchun (masalan, hamir oshirish, uzum va mevalarni bijg'itib spirtli ichimliklar va sirka olish uchun) foydalanganlar.
XVII asrda kimyo fani taraqqiy etishi natijasida sanoat maqsadlari uchun sun’iy katalizatorlar уaratildi.
Hozirgi vaqtda katalizdan kimyo sanoatining deyarli hamma sohasida keng foydalaniladi. Kataliz yordamida yangi moddalar hosil qilishga muvaffaq bo‘lindi