Описание книги
Ushbu “Umumiy kimyo” I- qism nomli o‘quv qo‘llanmadan o‘quvchilar ko‘zlangan asosiy maqsad dasturda berilgan quyidagi; Kimyoda matematikaning o‘rni, kimyo fanini rivojlanishiga hissa qo‘shgan jahon va o‘zbek olimlar, kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, atom-molekulyar ta’limot, kimyoviy element, valentlik, kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar, oddiy va murakkab moddalar, fizik va kimyoviy xodisalar, allotropiya, atom va molekulalarning absolyut va nisbiy massalari, mol, molekulyar massa, avogadro soni NA, kimyoviy reaksiyalarning turlari, anorganik birikmalarning eng muhim sinflari, moddalar tarkibining doimiylik qonuni. karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni, ekvivalentlar qonuni, atom elektron qobiqlarining tuzilishi va to‘lib borish tartibi, kvant sonlar, davriy qonun davriy sistema, kimyoviy bog‘lanish va uning turlari, kristall panjara, gibridlanish, oksidlanish-qaytarilish va boshqa mavzularni o‘quvchilarga soddaroq va tushunarli usullarda etkazib berishdan iborat. Yuqorida sanab o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish, laboratoriya ishlarini bajarilish jarayonini o‘rganish nazarda tutilgan.